AUTORUBBER korxonasi Uzautomotors konveridan chiqayotgan Chevrolet Tracker, Onix, Jentra, Cobalt, Damas hamda Labo kabi avtomobillar uchun 100dan ortiq butlovchi qismlarni ishlab chiqaradi.
Bugun 7-oktyabr “AUTO RUBBER” MChJ o‘zining 5 yillik bayramini nishonladi. Shu munosabat bilan korxona hududida bayramona tadbir tashkil etilib, rahbariyat tomonidan ishchi-xodimlarga samimiy tabriklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Joriy yil 18-sentabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida “O‘zavtosanoat” AJ tashabbusi bilan, 75 dan ortiq Xitoy va xorijiy avtomobilsozlik kompaniyalari ishtirokida “O‘zbekiston–Xitoy avtomobilsozlik forumi” tashkil etildi.
"AUTO RUBBER" Jamoasi shu yilning 17-19 sentyabr kunlarida Xitoyning Shanxay shaxrida bo'lib o'tgan nufuzli RubberTech-2025 ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Biz avtosanoat tarkibidagi korxonalardan birimiz. Biz avtomobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishda yordam beramiz