info@autorubber.uz +998 74 224 2002

"AUTO RUBBER" Jamoasi shu yilning 17-19 sentyabr kunlarida Xitoyning Shanxay shaxrida bo'lib o'tgan nufuzli RubberTech-2025 ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

rasm

"AUTO RUBBER" Jamoasi shu yilning 17-19 sentyabr kunlarida Xitoyning Shanxay shaxrida bo'lib o'tgan nufuzli RubberTech-2025 ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Mazkur xalqaro ko‘rgazma kauchuk va rezina sanoati sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan yuzlab kompaniyalar o‘zining ilg‘or texnologiyalari va innovatsion yechimlarini namoyish etdilar. Tadbir davomida korxonamiz vakillari 20 dan ortiq xorijiy kompaniyalar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar jarayonida yangi uskuna va texnologiyalar xaridi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi. RubberTech-2025 ko‘rgazmasida ishtirok etish korxonamiz uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish, sanoatdagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish va global hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish imkonini berdi. Ushbu yirik tadbir kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligimizni kuchaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

rasm

RubberTech-2025 ko‘rgazmasida ishtirok etish korxonamiz uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish, sanoatdagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish va global hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish imkonini berdi. Ushbu yirik tadbir kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligimizni kuchaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

rasm

rasm