Shanxay shahrida O‘zbekiston–Xitoy avtomobilsozlik forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 18-sentabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida “O‘zavtosanoat” AJ tashabbusi bilan, 75 dan ortiq Xitoy va xorijiy avtomobilsozlik kompaniyalari ishtirokida “O‘zbekiston–Xitoy avtomobilsozlik forumi” tashkil etildi.
Forumda 300 dan ziyod qatnashchilarga O‘zbekistonning jozibador investitsion muhitidan tortib xorijiy investorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlargacha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatining shakllanish tarixi, yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar keng yoritildi.
Mazkur forumda O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalari qatorida “Auto Rubber” MChJ ham ishtirok etdi. Kompaniya vakillari xorijiy hamkorlar bilan investitsion imkoniyatlar, yangi mahsulot turlari va istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordilar.



