Maqola
2025-yil 13-mart kuni Andijon Texnika Universiteti va “AUTO RUBBER” MCHJ o‘rtasida “Dual ta’limni joriy etish” bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi!
Kadrlar tayyorlash yo‘lida yana bir muhim qadam!
2025-yil 13-mart kuni Andijon Texnika Universiteti va “AUTO RUBBER” MCHJ o‘rtasida “Dual ta’limni joriy etish” bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi! Bu kelishuv orqali biz ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlab, malakali kadrlarni tayyorlashga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Dual ta’lim – bu nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan ilg‘or tizim bo‘lib, talabalarga haqiqiy ishlab chiqarish jarayonida tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
Universitet rahbariyati “AUTO RUBBER” MCHJ rahbariyatiga yillar davomida o‘zaro hamkorlik va qo‘llab-quvvatlaganligi uchun tashakkurnoma taqdim etdi. Bu esa hamkorligimizning yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Kelajakni birga quramiz! Ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik bizning kelajakdagi yutuqlarimizning kalitidir!



