“AUTO RUBBER” MCHJ jamoasi “Hutchinson S.A.” (Fransiya) kompaniyasining Uxan shahridagi (XXR) ishlab chiqarish maydonchasiga tashrif buyurdi.
“AUTO RUBBER” MCHJ jamoasi “Hutchinson S.A.” (Fransiya) kompaniyasining Uxan shahridagi (XXR) ishlab chiqarish maydonchasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasidagi OEM-ishlab chiqaruvchilari uchun avtokomponentlarni mahalliylashtirish loyihasi doirasida “AUTO RUBBER” MCHJ jamoasi “Hutchinson S.A.” (Fransiya) kompaniyasining Uxan shahridagi (XXR) ishlab chiqarish maydonchasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida “AUTO RUBBER” MCHJ bosh direktori Maraximov Farrux Xalildjonovich va Osiyo bo‘yicha katta vitse-prezident (Senior VP Asia) Frederik Le Du (Frederic Le Du) o‘rtasida ikki loyiha bo‘yicha texnik litsenziyalash to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi. Ma’lumot uchun: 1853-yilda asos solingan “Hutchinson S.A.” (Fransiya) kompaniyasi “TotalEnergies” korporatsiyasi tarkibiga kiradi va o‘z sohasidagi jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning yillik daromadi 5 milliard dollardan ortiq bo‘lib, uning ishlab chiqarish tarmog‘i dunyoning 25 mamlakatida, jumladan, AQSH, Kanada, Xitoy, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda 100 dan ortiq korxona va 40 000 nafar xodimni birlashtiradi.
Shuningdek, hamkorlikni chuqurlashtirish va mahalliylashtiriladigan avtokomponentlar portfelini kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
“AUTO RUBBER” uchun bu strategik rivojlanishning muhim bosqichidir. Biz texnologik kompetensiyaning yangi darajasiga chiqmoqdamiz, o‘z imkoniyatlarimizni kengaytirmoqdamiz va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonasi sifatida o‘z pozitsiyamizni mustahkamlamoqdamiz. Oldinda ulkan ishlar kutmoqda va biz yangi marralarga tayyormiz.