Innovatsiya va aniqlik markazi — qolib sexi

AutoRubber korxonasining qolib sexi bugun Andijon sanoatining yuragi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu sexda zamonaviy texnologiyalar va tajribali mutaxassislar birlashib, murakkab ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradigan yuqori aniqlikdagi qoliblar....

AutoRubber korxonasining qolib sexi bugun Andijon sanoatining yuragi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu sexda zamonaviy texnologiyalar va tajribali mutaxassislar birlashib, murakkab ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradigan yuqori aniqlikdagi qoliblar yaratiladi.

Sexda 5 turdagi zamonaviy dastgohlar mavjud:

  • CNC FANUC mashinasi — yuqori aniqlikdagi avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun.
  • Tokorniy dastgoh — silindrsimon detallarni tayyorlashda asosiy vosita.
  • DK7735 elektroerozion dastgohi — murakkab shaklli detallarni nozik kesishda qo‘llaniladi.
  • Radial dril dastgohi — katta o‘lchamli detallarni burg‘ilash uchun.
  • DD703 super teshish dastgohi — yuqori tezlikda aniqlik bilan teshish imkonini beradi.

Bu sexda turli sohalar uchun muhim qoliblar tayyorlanadi:

  • Termoplast qoliblari — plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarishda.
  • Shtampovka qoliblari — metallni shakllantirish jarayonida.
  • Ekstrudor uchun maxsus qoliblar — korxonaning asosiy innovatsion yo‘nalishi bo‘lib, murakkab profil va shakllarni yaratishda qo‘llaniladi.

Sexda jami 5 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi:

  • Sex boshlig‘i — jarayonlarni boshqaradi va sifat nazoratini amalga oshiradi.
  • Injiner-dizayner — 3D modellashtirish va texnik hujjatlarni tayyorlaydi.
  • 2 ta CNC mutaxassisi — dastgohlarni boshqaradi va yuqori aniqlikdagi ishlov beradi.

Qolib sexi — bu nafaqat ishlab chiqarish bo‘limi, balki innovatsiya va aniqlik markazi. Bu yerda yaratilgan qoliblar O‘zbekiston sanoatining raqobatbardoshligini oshirib, global bozorga chiqishiga xizmat qilmoqda.