"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!"
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Aziz va qadrli O‘zbekiston xalqi!
Sizni muqaddas Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yillik bayrami bilan “Autorubber” MCHJ jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik yillari davrida yurtimizda erishilgan ulkan yutuqlar, barcha sohalardagi tub islohotlar va xalqimizning bunyodkorlik ruhidagi shijoati barchamizga ulkan g‘urur bag‘ishlaydi. Bugungi kunda ahil va jipslashgan xalqimiz o‘zining azaliy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarib, yanada farovon kelajak sari dadil odimlamoqda.
Shu qutlug‘ ayyomda har biringizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik, xotirjamlik va qut-baraka tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abdiy bo‘lsin!
Ehtirom ila, “Autorubber” MCHJ rahbariyati va jamoasi.