“Autorubber” MCHJ Jizzax shahridagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etdi!

---------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Jizzax shahridagi “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosida avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizdagi yetakchi korxonalar qatorida “Autorubber” MCHJ ham o‘zining zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati bilan faol qatnashdi.

Ko‘rgazmada korxonamiz tomonidan tayyorlanayotgan sifatli rezinotexnika va avtomobilsozlik uchun zarur bo‘lgan mahalliylashtirilgan mahsulotlar namoyish etildi.

  Tadbirning asosiy maqsad va natijalari:

  • Sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada mustahkamlash;
  • Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish;
  • Avtomobilsozlik korxonalari bilan yangi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Biz mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish va mahalliylashtirish dasturlariga o‘z hissamizni qo‘shishdan mamnunmiz. Ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirib, sifatli mahsulotlar bilan bozorni ta'minlashda davom etamiz!