Frankfurt: “Automechanika Frankfurt 2026” xalqaro ko‘rgazmasida “AUTO RUBBER” MChJ ham o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda
Germaniyaning Frankfurt shahrida avtomobilsozlik sanoatining eng nufuzli va yirik xalqaro tadbirlaridan biri — “Automechanika Frankfurt 2026” ko‘rgazmasi qizg‘in davom etmoqda.
Germaniyaning Frankfurt shahrida avtomobilsozlik sanoatining eng nufuzli va yirik xalqaro tadbirlaridan biri — “Automechanika Frankfurt 2026” ko‘rgazmasi qizg‘in davom etmoqda.
8–12-sentabr kunlari “Messe Frankfurt” majmuasi mezbonlik qilayotgan ushbu global platforma avtomobilsozlik, butlovchi qismlar, servis xizmatlari hamda ilg‘or texnologiyalar yo‘nalishidagi so‘nggi yutuqlarni qamrab olgan.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirning ko‘lami juda keng bo‘lib, uning asosiy raqamlari e'tiborni tortadi:
• 80 dan ortiq ishtirokchi mamlakat;
• Qariyb 4 400 ta yetakchi va mashhur kompaniya;
• 300 ming kvadrat metrdan ziyod ekspozitsiya maydoni.
Jahon avtoindustriya olami e'tibor qaratgan ushbu nufuzli ko‘rgazmada O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan milliy stendimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz qatorida "AUTO RUBBER" MChJ korxonasi ham o‘zining yuqori sifatli mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada korxonamiz rahbariyati ham shaxsan ishtirok etib, xorijiy ekspertlar va potensial hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Stendimizda avtomobilsozlik yo‘nalishidagi zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan, xususan, turli avtomobillar uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli rezina zichlagichlar, germetik qismlar va butlovchi elementlarimiz xorijiy mutaxassislar hamda xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Frankfurt shahridagi ushbu xalqaro platforma korxonamiz uchun yangi eksport bozorlarini ochish, xorijiy kompaniyalar bilan o‘zaro manfaatli B2B uchrashuvlarni o‘tkazish va jahon bozoridagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ko‘magida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma mamlakatimiz sanoat salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.